"Kutubxona Kvesti"
“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyati - yoshlar qoʻlida!” II Yosh kutubxonachilar forumi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati rahbari D.Artikova tomonidan XTBga qarashli 3-DMMTning tarbiyachisi Nargiza opa Musayevaning guruhida tarbiyalanayotgan bolajonlarga "Kutubxona Kvesti" o'yini tashkil etildi. O'yinda bog'cha tarbiyalanuvchilari tezkor qiziqarli savollarga javoblar berishdi, berilgan topishmoqlar javobini topib krossvordga yozishdi. Rang-tasvir bo'yicha ham kichik tanlov tashkil etildi. G'olib bo'lgan bolajonlarga estalik sovg'alari taqdim etildi.