"Kutubxona kvesti"
Zomin tuman axborot- kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-Iyundagi PQ-4354-son "2019-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi" ijrosini ta'minlash maqsadida "Kutubxona kvesti" jamoaviy o'yini "Shodlik" nomli 2-MTM bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbirda bolajonlar yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirilib o'tildi hamda qiziqarli shartlarni bajarishdi. Tadbir so'ngida faol bolajonlar Zomin TAKM tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.