"Kutubxona, kitob va men"
Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga "Ibrat akademiyasi" o'quv markazining talabalari tomonidan "Kutubxona, kitob va men" nomli sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida talabalar kutubxona markazining kitob fondi va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqin tanishdilar. Tashrif chogʻida AKM xodimlari tomonidan talabalar uchun adabiyotlar tavsiya qilib oʻtildi va mutolaa uchun kitoblar tanlab olindi.