Kutubxona ish faoliyatini o'rganish
2019-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirish bo'yicha savolnoma yuzasidan Milliy tiklanish partiyasi ishchi guruh a'zolari F.O'razaliyev hamda L.Mustafoqulovalar Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyatini o'rganish uchun tashrif buyurishdi. Tashrif jarayonida kutubxonaning moddiy tehnik bazasi holati, zamonaviy asbob uskunalar bilan ta'minlanganligini, kutubxonaga oid tegishli normativ-meyoriy hujjatlarni mavjudligini, ularga amal qilish holatini, elektron tarzda yetkazib berilayotgan adabiyotlar tashkil etilganligi holati o'rganildi.