"Kutubxona - bilim va tarbiya maskani"
#Sayohat_2026
Joriy yilning 11-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kutubxonaga tashrif buyurgan oʻquvchilar kitob mutolaasi inson tafakkurini boyitishi, nutq madaniyatini rivojlantirishi va dunyoqarashini kengaytirishi haqida tushunchalar berildi. Oʻquvchilar faol kitobxonlikning ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini ham bildirdilar. Tadbir yakunida oʻquvchilar uchun"Kutubxona - bilim va tarbiya maskani" mavzusida sayohat tashkil qilindi. Sayohat davomida ularga kutubxona boʻlimlari, yangi adabiyotlar va kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi.