Kuch-adolatda
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi hamda Zomin MMTB va hamkor tashkilotlar bilan tumanda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlandi. Ushbu sana munosabati bilan “Tarixiy sarkarda yodi ila yashaymiz mangu”, “Kuch-adolatda”, “Biz-Sohirqiron Amir Temur avlodlarimiz” mavzularida chellendjlar tashkil etildi. Unga mahalla aholisi va yoshlar, tashkilotlar xodimlari jalb qilindi.