"Konstitutsiyam-oliy qomusim"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiyam-oliy qomusim" nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil etildi. Kechada Zomin TAKM jamoasi o'zining kitob ko'rgazmasi va she'riy chiqishlari bilan ishtirok etdilar. Tadbirni markaz boshlig'i A.Ismoilov o'zining bayram tabrigi bilan ochib berdi. So'ng maktab o'quvchilari tomonidan konstitutsiyaga oid she'rlar aytildi. Go'zal kuy va qo'shiqlarga raqslar ijro etildi. Tadbir yig'ilganlar tomonidan e'tirof etilgan iliq taassurotlar bilan yakunlandi.