Konstitutsiya o'zligimiz, milliy qadriyat va an'analarimiz himoyachisi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabra 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Kdnstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023- yil 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga 30-aprel kuni boʻlib oʻtgan referendum natijasiga koʻra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos boʻldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangi konstitutsiya 65 foizga yangilangan.
Jizzax viloyati Zomin tumani axborot- kutubxona markazi, O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi, "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabi hamda 15- maktab ko'chma kutubxonasi bilan hamkorlikda 8 dekabr Konstitutsiyaning 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya o'zligimiz, milliy qadriyat va an'analarimiz himoyachisi" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi mutaxassisi G. Rasulova ochib berdi va tadbirni "Temuriy izdoshlari" harbiy maktabi o'quvchilari tomonidan musiqiy chiqishlar, sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
https://telegra.ph/Konstitutsiya-ozligimiz-milliy-qadriyat-va-ananalarimiz-himoyachisi-12-07