“Konstitutsiya–milliy qomusimiz”
Konstitutsiya har bir davlatning asosiy huquqiy hujjati hisoblanadi. Uning me’yorlari nafaqat davlat tuzumi, davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish prinsiplarini, balki ijtimoiy hayot me’yorlarini ham belgilab beradi. 5-dekabr kuni Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya–milliy qomusimiz” mavzusida davra-suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi K.Qurbonov ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish – butun O‘zbekiston xalqining muqaddas burchi ekanligi haqida aytib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi yurtimizda keng nishonlanishi haqida gapirdi. Shundan so‘ng Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikovs so‘zga chiqib, yuksak huquqiy madaniyat - demokratik jamiyat poydevori ekanligi hamda huquqiy tizimning yetukligidan dalolat berishi haqida gapirib o'tdi. Shundan so‘ng mutaxasislar bir-birlari bilan baxs-munozaraga kirishdilar. Davra suhbati juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.