"Konstitutsiya-baxtimiz qomusi"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi va 15- umumiy o'rta ta'lim maktabi ko'chma kutubxonasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" nomli badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi. Unda jamoalar o'rtasida qonunga oid krossvordni topa olish, huquqiy sahna ko'rinishini namoyish etish hamda bayram tabrigi sifatida qo'shiqni jamoalar jo'rovozligida ijro etish kabi shartlar qo'yildi. Har bir o'quvchi tadbirni katta qiziqish va zavq bilan kuzatib borishdi va faol ishtirok etishdi. Zeroki, o'sib kelayotgan yosh avlodni Davlat ramzlariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash barchamizning Vatanimiz oldidagi fuqarolik burchimizdir.