#KONSTITUTSIYA - BARCHAMIZNIKI
#KONSTITUTSIYA - BARCHAMIZNIKI
— Konstitutsiyaviy islohot - bu inson sha’ni, uning qadr-qimmati, inson huquqlarini himoya qilish, davlat va jamiyat boshqaruvini tubdan isloh qilish, yoshlar siyosati, moliya, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va barcha sohalarni qarab olganligi bilan ham ahamiyat kasb etadi.
30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda kitobxonlar o'rtasida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati xususida hamda yangi Konstitutsiya loyihasida inson va uning haq-huquqlari borasida kiritilayotgan yangi normalar to‘g‘risida ma'lumotlarni berishdi.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o’tkazilgan tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.