KONSTITUTSIYA - BARCHAMIZNIKI!
#KONSTITUTSIYA - BARCHAMIZNIKI!
Zomin tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mamlakatimizning yangi Konstitutsiyasi loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Shu jumladan Axborot-kutubxona markazida ham. Tadbirda Zomin tumanidagi Yozuvchilar uyushmasining a'zosi Abdusattor Sodiqov ishtirok etdi.
-Yangilanayotgan Konstitutsiya bilan tanishib chiqdim. Unda Hayotimizni yaxshilashga qaratilgan eng muhim, eng kerakli o'zgarishlar bo'lgan. Xalq o'zining "Ichki ovozi"ni bizning tilimizdan, yozganlarimizdan "eshitishayapti". Qayerga borsak, bizni rost gapirayotgan do'sti deb qabul qilishayapti. Insonning, ayniqsa jurnalistning so'z erkinligi cheklanmaskigi zarur. Yangi Konstitutsiya sizu bizning fiklash huquqimiz ta'minlanishi bilan ham ahamiyatlidir.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida targ‘ibot tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.
Men Konstitutsiyaga befarq emasman.