KONSTITUTSIYA - BARCHAMIZNIKI!
#KONSTITUTSIYA - BARCHAMIZNIKI!
ZOMIN TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.
Zomin tumanidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mamlakatimizning yangi Konstitutsiyasi loyihasiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari bo’lib o’tmoqda. Shu jumladan Zomin Axborot-kutubxona markazida ham.
Zomin tumani Qayirma mahallasida joylashgan Davlat soliq inspeksiyasi binosida 2023 yil 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o’tgan targ‘ibot tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.