Kompyuter va uning qurulmalari
#Axborot_texnologiyalari.
Joriy yilning 25-sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari" haftaligining 3-kunida yosh kitobxonlarga ,,Kompyuter va uning qurulmalari’’ mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida axborot-kutubxona markazi AKT bo’limi raxbari I.Shodiyeva tomonidan yosh kitobxonlarga kompyuter qurulmalari haqida ma’lumotlar berildi. Ushbu davra suhbatida AKT bo’limi tomonidan tayyorlangan savollarga o'quvchilar tomonidan to'g'ri javoblar olindi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.