Kompyuter savodxonligini o'quv darsi
Joriy yilning 18- oktyabr kuni Zomin tuman axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi o'quv darsi tashkil qilindi. Dastlab o'quv darsida xodimlarga ijtimoiy tarmoqlarga qoʻyilayotgan ma'lumotlar aynan kutubxonachilik sohasiga oid bo'lgan ma'lumotlar bilan to'ldirib borish , imloviy xatoga yo'l qo'ymaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga tayyorlanayotgan audio, videorolik , buktreylerlarning sifatida e'tiborli bo'lishi, keng ommaga taqdim qilinadigan material sifatli va ishonchliligini ta'minlash zarurligi aytib o'tildi.