Kompyuter savodxonligi
#Kompyuter_savodxonligi
Joriy yilning 25 - oktyabr kuni Zomin tuman axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan yosh kitobxonlarga kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Dastlab 34-maktab o'quvchilariga ijtimoiy tarmoqlarga qoʻyilayotgan ma'lumotlar aynan kutubxona sohasiga oid bo'lgan ma'lumotlar bilan to'ldirib borish, imloviy xatolarga yo'l qo'ymaslik haqida tushunchalar berildi. O'quvchilarga keng ommaga taqdim qilinadigan material sifatli va ishonchliligini ta'minlash zarurligi haqida aytib o‘tildi.