„Kompyuter savodxonligi“
3-oktabr kuni Zomin axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan kutubxona xodimlariga kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida „Kompyuter savodxonligi“ o'quv soati tashkil etildi. O'quv soati davomida kutubxona xodimlariga kompyuter bilan boʻgliq bo'lgan texnologiyalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi va excel dasturida qanday ishlash hamda excel dasturida yangi jadval bilan ishlash haqida tushuncha va ma'lumotlar berildi.