Komilikni ko'zlagan shoir
Joriy yilning 24-yanvar sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi Abonementlarga xizmat ko'rsatish xizmati xodimlari tomonidan Zafar Diyor tavalludi munosabati bilan "Tafakkur gulshani" klub a'zolari hamda "Ideal" o‘quv markazi o‘quvchilariga "Komilikni ko'zlagan shoir" nomli davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda bolalar adabiyotining yirik siymosi Zafar Diyor madaniyat va adabiyotimiz rivojiga qo'shgan yuksak mehnatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kutubxona xodimi tomonidan Zafar Diyor ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazma tashkil etildi.