"Koʻnglimdagi oʻylarim"
Joriy yilning 29-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 57-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda Akramovna Fazilat Tursunovaning "Koʻnglimdagi oʻylarim" nomli yangi kitobining taqdimoti o'tkazildi.Taqdimot avvalida F.Tursunovaning qanday qilib ijodkorlikni boshlagani va ijodidagi asarlarini yaratilishida nimalarga ahamiyat berishi haqida aytib oʻtildi. Soʻng Fazilat Tursunova o'quvchilarga "Koʻnglimdagi oʻylarim" nomli yangi kitobidagi eng sara she'rlarini o'qib oʻzining ijodi bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.Bugungi kunda 57-umumiy o'rta taʼlim maktabida yoshlarni ta'lim -tarbiyasiga o'z hissasini qo`shib kelayotgan ustoz va shoira Fazilat Tursunovaning ijodida yangi kitoblarni kutib qolamiz. Kitob taqdimotida 32 nafar oʻquvchilar faol qatnashdilar.