Ko‘chma kutubxona
#Ko'chma_kutubxona
2025-yil 16-sentabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan UZTELEKOM Zomin tuman filialida tashkil qilingan ko‘chma kutubxona adabiyotlari foydalanuvchilar talab va istaklariga binoan yangilandi. Tadbir doirasida xodimlarga turli sohalarga oid adabiyotlar taqdim etildi.
Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish, xodimlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ma‘naviy saviyasini yanada boyitishga xizmat qilishdir.