Ko‘chma kutubxona
Zomin tumanida namunaviy ko‘chma kutubxona tashkil etildi
Zamonaviy axborot makonida aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar va talabalarga sifatli ma’lumot manbalarini yetkazish maqsadida Zomin tumanida navbatdagi amaliy qadam tashlandi.
Xususan, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan "Uztelekom" tashkilotida namunaviy ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Tadbir doirasida kutubxona markazi xodimlari tomonidan mazkur kutubxonaga tashrif buyurilib, tashkilot xodimlariga va kutubxona mas’ullariga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi. Kutubxona faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, yoshlar — xususan, aholi uchun foydali muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Ko‘chma kutubxona o‘zining boy adabiyot fondi, zamonaviy jihozlari va foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlari haqida maʼlumot berildi.