"Ko'chma kutubxona" 2025
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi hamda Zomin tuman "Ijtimoiy himoya" markazi bilan hamkorlikda ikki tomonlama "Ko'chma kutubxona" shartnomasi imzolandi. Loyihaga binoan Zomin tumanidagi "Ijtimoiy himoya" markaziga borib, kitobxonlikni keng targ'ib qilish, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida 20 nomdagi adabiyotlar ko'chma kutubxona tomonidan taqdim etildi.