Ko'chma kutubxona
2023- yil 2 noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, Z.Azimova, G.Fayzullayevalar tomonidan G'.G'ulom mahalla fuqarolar yig'inida "Kitob shahriga sayohat" shiori ostida yangi adabiyotlar yetkazib berildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan yangi kelgan adabiyotlar tanishtirilib o'tildi va avval berib ketilgan adabiyotlar yangisiga alamashtirib berildi. Fuqarolar yig'iniga kelgan xodimlar va fuqarolar kutubxonaga a'zo qilindi hamda kutubxona mutaxassislari tomonidan kutubxonada mavjud bo'lgan badiiy asarlar haqida keng axborot berib o'tildi.