“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Bugun Zomin tumanida aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, oilalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda farzandlarni kitobsevarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda kitob o‘qishning inson kamoloti, ma’naviy dunyosi va tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, farzandlarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishda ota-onalarning o‘rni va oiladagi ibratli muhitning ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Bundan tashqari, yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda kitobga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir ishtirokchilariga oilada kitob o‘qish an’analarini yo‘lga qo‘yish, farzandlarni muntazam mutolaaga odatlantirish va kitobxonlikni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirish muhimligi tushuntirildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/27820