Kitobxonlik oiladan boshlanadi
Kitob mutolaasiga havas avvalo oiladan boshlanishi, ota- onalar farzandlariga kitob o'qishga mehr uyg'otishi uchun o'zlari kitobxon bo'lishi lozim. Shu maqsad ostida joriy yilning 15 - may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi "Oila jamiyat ustuni" mavzusida adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilinib, oʻqish uchun kitoblar tavsiya etildi. Ko'rgazmada turli adabiyotlar, yurtimizda kitob mutolaasiga qaratilayotgan tizimli ishlar va yangiliklar haqida yoritilgan slaydlar shuningdek Tohir Malikning "Kelinlar daftariga " , Obiddin Maxmudovning "Farzandnoma " asarlari ko'rgazmadan joy oldi.