Kitobxonlik oiladan boshlanadi
Zomin tumani axborot -kutubxona markazi hamda tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi boʻlinmasi tomonidan kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" shiori ostida "Kattabog'" MFY da istiqomat qilayotgan ayollar kutubxonaga tashrif buyurishdi. Mahalla ayollari bilan birgalikda davra suhbatlari tashkil etilib ayollar bilan yaqindan suhbat qurildi. Shuningdek TAKM xodimlari tomonidan turli kitoblarga sharh berilib, oʻqish uchun adabiyotlar tavsiya etildi. Davra suhbatida yosh onalar oʻzlari oʻqigan kitoblari haqida ham oʻzaro fikrlar almashishdi.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/13671