"Kitobxonlik oiladan boshlanadi".
2024- yil 4-mart kuni Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida axborot-kutubxona mutaxassislari "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarish rejasi asosida joriy yilning 4-mart kuni Zomin axborot-kutubxona markazida "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" mavzusida Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga tashrif buyurib yosh onalar bilan suhbati o'tkazdi. Suhbat davomida yosh onalarimizga kutubxona haqida ma'lumotlar, kitoblari haqida kitobxon talabalar va mehmonlarimizga ma'lumotlar berib o'tdilar. Davra suhbatida "Qayirma" MFYda istiqomat qilayotgan yosh kitobxon onalar hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi talabalari faol qatnashishdi. Davra suhbati qiziqarli mazmunli o'tdi.