"Kitobxonlik-madaniyatni yuksaltiradi".
omin tuman Axborot-kutubxona markazida "Qarabchi" QFYda istiqomat qiluvchi bir guruh kitobxonlar uchun, kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassislari X.Mirzayeva, F.Mamatqulovalar tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxonlarga o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va insonlar bilan xushmuomala bo'lishlarini ta'minlash, bolajonlarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.Haqiqatan ham, kitob o'qigan har bir kitobxon kelajakda, qaysi sohada ishlamasin, teran fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo‘ladi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-madaniyatni-yuksaltiradi-05-24