“Kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati
“Kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 24-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan uyushmagan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida kitobning inson hayotidagi o‘rni, tafakkurni rivojlantirishdagi ahamiyati hamda mutolaaning foydali jihatlari haqida fikr almashildi.
Ishtirokchilar o‘zlari mutolaa qilayotgan asarlar haqida so‘zlab berdilar, sevimli kitoblari yuzasidan tavsiyalar berdilar. Ayniqsa, yoshlarning faol ishtiroki va erkin fikr bildirishlari tadbirning mazmunini yanada boyitdi.
Davra suhbati yakunida kitobxonlikni targ‘ib qilish, kitob almashinuvi va muntazam mutolaa qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
📖 Zero, kitob – tafakkur manbai, ma’naviyat poydevoridir.