Kitobxonlik hamda kitob mutolaasini targ'ib qilishga qaratilgan eng zo'r maqolalar tanlovi g'olibi.
2024-yil 31-yanvar kuni Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida 12 ta tuman axborot-kutubxona markazlarining 2023-yil yakuni bo’yicha hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig'ilishda TAKMlar tomonidan bajarilgan ishlar ko'rib chiqildi va yil davomida olib borilgan faoliyat natijalari tahlil qilindi. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi 2023-yil Axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha maqolalar tanlovi g'olibi Zomin tuman axborot-kutubxona markazi direktori Anvarova Nargiza Odiljonovna Faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.