“Kitobxonlik haftaligi” tadbirining tantanali yopilish marosimi
26-aprel kuni Jizzax viloyatida «Kitobsevar millat» shiori ostida tashkil qilingan IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbirining tantanali yopilish marosimi Yunus Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri binosida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jizzax viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig’i U.Adilov, Respublika Ma’naviyat va ma'rifat markazi Jizzax viloyat bo'limi rahbari I.Umarova, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi Obiddin Maxmudov, Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa fanlari doktori A.A.Nuriymon, so‘zga chiqib, hafta davomida hududlarda bo‘lib o‘tgan tadbirlar yuqori darajada tashkil qiliganligi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Tadbirda Zomin tumani axborot-kutubxona markazi direktori hamda hodimlari ham ishtirok etishdi.
Iste’dodli san’atkorlar tomonidan jonli ijroda aytilgan qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/8262?single