"Kitobxonlik haftaligi". “Kitobsevar millat".
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi".
"Kitobxonlik haftaligi" ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda.
Ayni damda Jizzax viloyat musiqali drama teatrida "Kitobxonlik haftaligi" ning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. Haftalikda O'zbekiston yozuvchilat uyushmasidan Nurali Qobul, Abulqosim Mamarasulov, Hayot Shodmon, Sadina Bobomurodova va xonanda Muzaffar Xujamberdiyev , O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq yozuvchisi Urozboy Abduraxmonovlar ishtirok etmoqdalar.
Tadbirni Jizzax viloyati hoximining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Savurbayev Akmal Abdumuminovich kirish so'zi bilan ochib berib, viloyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni ta'lim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma'ruza qildi.
O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq yozuvchisi Urozboy Abduraxmonov, yozuvchi Nurali Qobul so'zga chiqib, respublikamizda kitob mutolaasi va kitobxonlikka qaratilayotgan e'tibor, va uning natijalari haqida to'lqinlanib gapirdi. Tadbirda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari ham faol qatnashishdi. Tadbir qiziqarli va maroqli o'tdi.