"Kitobxonlik haftaligi" kitob ko'rgazma va kitob savdo yarmarkasi.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 22-aprel soat 12:00 dan 14:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosi oldida "Kitobxonlik haftaligi 2024" "Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari" mavzusida kitob ko'rgazmasi va kitob savdo yarmarkasini tashkil qildi.