“Kitobxonlik haftaligi”da “Eng yaxshi kitobxon oila” ko’rik-tanlovi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 781-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari buyicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jamiyatda, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish hamda kitob savdosi tizimini takomillashtirish, mazkur videoselektor majlisining 3-son bayoni 6-bandida respublikaning barcha hududlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan belgilangan vazifa hamda topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan ZOMIN TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI tomonidan tashkil qilingan “Kitobxonlik haftaligi”ning 3- kunida soat 10:00-13:00 gacha “Eng yaxshi kitobxon oila” kitobxonlik ko’rik-tanlovini tashkil etildi. Tadbirda Sodiqovlar oilasi, Xolmo"minovlar oilasi, Ho'jamqulovlar oilalari ishtirok etishdi va Sodiqovlar oilasi g'olib bo'lishdi. Ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.