"Kitobxonlik haftaligi"
'‘O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22 - 26 - aprelgacha tashkil etilmoqda. 22-aprel soat 10:30-12:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi faollar zalida "Kitobxonlik haftaligi" tadbirini ochilishi munosabati bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Zomin tuman hokimligi ma'naviyat va marifat ishlari bòlim boshlig'i G'.Saydullayev hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari, Temuriy izdoshlari maktabi hamkorligida tadbir tashkil qilindi. “Kitobxonlik haftaligi-2024” tadbirini Zomin tuman hokimligi ma'naviyat va marifat ishlari bòlim boshlig'i G'.Saydullayev ochib berdi. Tadbirda tumanimiz ijodkorlari Abdusattor Sodiqov bilan Exson Mirzo kitobxonlar bilan "Ajdodlar me'rosi buyuk xazina" mavzusida ijodiy uchrashuv bòlib òtdi.