"Kitobxonlik haftaligi" 2025 yil
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi" 2025 yil 21-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. “Kitobxonlik haftaligi" to'rtinchi kunida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida Rahima Shimansurovaning "Millat qiziga" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bizning maqsadimiz millatimiz qizlariga hayot saboqlarini oʻqitish ular duch kelishi mumkin boʻlgan toʻsiqlarni aql va sabr bilan yechimini topishni oʻrgatishdir. Shu maqsadda oʻzbegim qizlariga ushbu kitobni oʻqishni tavsiya qilamiz.
https://t.me/zomin_kutubxona/15385