"Kitobxonlik haftaligi" 2025 yil
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi" 2025 yil 21-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. “Kitobxonlik haftaligi" birinchi kunida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi" 2025 yil "Yangi O'zbekistonning-yangi adabiyotlari" mavzusida kitob ko'rgazmasi va kitob savdo yarmarkasini tashkil qildi.