“Kitobxonlik haftaligi"2025 yil
'‘O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi"2025 yil 21- 27- aprelgacha tashkil etilmoqda. 21-aprel kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi faollar zalida "Kitobxonlik haftaligi" tadbirini ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Respublika Ma'naviyat va marifat markazi Zomin tuman bo’linmasi rahbari G'.Saydullayev hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi va Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamkorligida tadbir tashkil qilindi. “Kitobxonlik haftaligi-2025” tadbirini Respublika Manaviyat va marifat markazi Zomin tuman bo’linmasi rahbari G'.Saydullayev ochib berdi.