“Kitobxonlik haftaligi-2024” viktorina.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 24-aprel soat 10:00 dan 12:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" uchinchi kunida 2-aprel-Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan “Kitob – beminnat ustoz” mavzusida yosh kitobxonlar o'rtasida viktorina tashkil qilindi. Viktorinada 60-maktab o'quvchi yoshlari hamda 34- maktab o'quvchilari o'zaro bellashishdi. Viktorinada 60-maktab o'quvchi yoshlari g'olib bo'lishdi. G'olib bo'lgab jamoaga Zomin tuman axborot- kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. O‘qish inson fikrini jamlaydi va diqqat markazini oshiradi. Mutolaa jarayonida, o‘qigan hikoya va asarga butun diqqat-e’tibor qaratiladi. Inson boshqa ishlardan ko‘ra kitobga ko‘proq diqqat qiladi. Inson miyasi bir vaqtning o‘zida turli faoliyatlar bilan shug‘ullana olmaydi. Shu sababli ko‘p o‘qigan odamning diqqatini bir joyga to‘plash ancha oson kechadi. Vitorinada 21 ta o'quvchilar faol qatnashishdi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-viktorina-04-24