“Kitobxonlik haftaligi-2024” musiqiy kecha.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot - kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 24-aprel soat 14:00 dan 16:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Abu Ali ibn Sino jamoat salomatlik texnikumi faollar zalida "Kitobxonlik haftaligi 2024" uchinchi kunida O'zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludiga "Zamonlarni titratgan adib" mavzusida musuqiy kecha hamda davra suxbati bo'lib o'tdi. Tadbirni Zomin tuman hokimligining ma'naviyat va ma'rifat bo'lim mutaxassisi Rasulova Gulnoza ochib berdi. Tadbirni Abu Ali ibn Sino jamoat salomatlik texnikumi, Temuriy izdoshlari nodavlat ta'lim maktabi hamda Zomin tuman axborot - kutubxona markazi hamkorlikda o'tkazishdi. Tadbirda 16-maktab o'quvchilari o'z raqslari va saxna ko'rinishlari bilan faol qatnashishdi. Tadbirda 65 ta ishtirokchilar qatnashishdi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-musiqiy-kecha-04-24