“Kitobxonlik haftaligi-2024” Moviy jamadon sayohati.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 25-aprel soat 10:00 dan 12:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" to'rtinchi kunida “Kitob qalb gavhari ko'ngil ziynati” mavzusida moviy jamadon sayohati loyihasini tashkil qildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlarga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, moviy jamodondan joy olgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.
Moviy jamadon sayohati loyihadasida Xalqabod mahalla fuqorolari hamda 28 dan oshiq yosh kutobxonlar faol qatnashishdi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-Moviy-jamadon-sayohati-04-25