“Kitobxonlik haftaligi-2024” Kutubxonaga sayohat.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 26-aprel soat 10:00 dan 12:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" haftalikni beshinchi kunida "Kitob zamonlar dengizi" mavzusida Zomin tuman "Qayirma" MFYda istiqomat qilayotgan yosh kitobxonlar hamda Olmaliq mudofa vazirligidan kelgan hodimlari ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mumutaxassislar F.Mamatqulova X.Mirzayeva M.Umarova F.Sattorova tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va òquvchilarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-Kutubxonaga-sayohat-04-26