“Kitobxonlik haftaligi-2024” Kutubxonaga sayohat.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 22-aprel soat 15:00 dan 16:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" "Kitob o’qishni odat qilmagan oila – ma’naviy qashshoq oiladir" mavzusida Zomin tuman "Xalqabod" MFYda istiqomat qilayotgan yosh kitobxonlar ishtirokida kutubxonaga sayohat uyushtirildi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mumutaxassislar F.Mamatqulova X.Mirzayeva tomonidan kutubxona haqida kitobxonlarga to'liq va batafsil ma'lumotlar berildi. Kelgusida kitobxon yoshlarimiz o'zlari qiziqqan adabiyotlarini olib o'qish imkoniyatiga ega bo'lish maqsadida, kutubxonaga a'zo bo'lish va bundan ko'zlangan asosiy maqsad yosh kitobxonlarning bilim saviyasi va òquvchilarning ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish va sadoqat tuyg'usini shakllantirishdir.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-Kutubxonaga-sayohat-04-22