“Kitobxonlik haftaligi-2024” Kutubxona kvesti.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 23-aprel soat 09:00 dan 12:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" haftaligida "Bir adib haqida suhbat" mavzusida krassvord va mazaykali "Kutubxona kvesti" o'yinini tashkil etdi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkil qilingan IV RESPUBLIKA “KITOBXONLIK HAFTALIGI” doirasida axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari D.Artikova tomonidan Zomin tumani MTBga qarashli "Tinchlik" nomli 3-DMTT bilan hamkorlikda tashkil etilgan " Kutubxona Kvest" jamoaviy o'yini bo'lib o'tdi. Jamoaviy o'yin "Zumrad va Qimmat" o'zbek xalq ertagi asosida tashkil etildi. Tadbir so'ngida g'olib jamoa taqdirlandi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-Kutubxona-kvesti-04-23