“Kitobxonlik haftaligi-2024” kitob taqdimoti.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi-2024” yil 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 25-aprel soat 14:00 dan 16:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" to'rtinchi kunida “Jamlama asarlar tarixi” mavzusida yangi nashr etilgan kitoblarning taqdimoti tashkil qilindi. Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari kitobxonlarga kutubxona fondidagi adabiyotlar bilan tanishtirildi, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish tartib qoidalari haqida tushunchalar berilib o'tildi. Kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, yangi kelgan badiiy kitoblardan ma'lumotlar berildi. Tumanimiz yoshlarini va aholini kutubxonaga tashrif buyurib va adabiyotlardan unumli foydalanishi uchun taklif etildi hamda kutubxonaga a'zo qilishdi, kitobxonlar tomonidan so'ralgan kitoblar almashtirilib berildi.
Taqdimotda Qayirma, G'afur G'ulom, Temuriy izdoshlari maktab o'quvchilari,Xalqabod mahalla fuqorolari hamda 57 dan oshiq yosh kutobxonlar faol qatnashishdi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-kitob-taqdimoti-04-25