“Kitobxonlik haftaligi-2024” davra suhbati.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida hodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi-2024”yil haftalik 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 26-aprel soat 11:00 dan 13:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" haftaligini beshinchi kunida "Biz baxtli bo‘lamiz" mavzusida davra suhbatini tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Sharq tongi gazetasi bosh muxarriri Hayrullo Siddiqov yozuvchi, shoir Muhammad Yusovning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlarni berib o'tdi va yozgan she'rlaridan parchalar o'qib eshittirdi. "Biz baxtli bo‘lamiz" she'rda muhabbatning go'zal kechinmalari samimiy va beg'ubor tarzda ifodalangan bu she'r barcha oshiqlarning madhiyasiga aylanib ketgan desak adashmaymiz. Qalbiga otashin hislar mehmon bo'lgan yigitlar hijron tunlari-yu umid tonglarida bu she'rni pichirlab yuradilar. Sababi bu satrlar ko'ngil so'zlari. Ko'ngildan chiqqan so'z ko'ngilga oson yetib boradi va u yerni umrbod maskan etadi. Ushbu she'rni o'qishingizni tavsiya qilamiz. Davra suhbatida 18 ta ishtirokchilar ishtirok etishdi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-davra-suhbati-04-26