“Kitobxonlik haftaligi-2024” davra suhbati.
O'‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot- kutubxona markazida hodimlari tomonidan “Kitobxonlik haftaligi-2024” haftalik 22-26-aprelgacha tashkil etilmoqda. 23-aprel soat 11:00 dan 13:00 gacha Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Yoshlar ittifoqi binosida "Kitobxonlik haftaligi 2024" ikkinchi kunida "Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni" munosabati bilan huquqiy savodhonlik mavzusida davra suhbatini tashkil etildi. Davra suhbatida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abdusattor Sodiqov o'z ma'ruzalari bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tizimida faoliyat yuritayotgan xizmat hodimlari faol qatnashishdi.
https://telegra.ph/Kitobxonlik-haftaligi-2024-davra-suhbati-04-23