"Kitobxon onalar-zukko farzandlar"
18 -avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan har oyning 17 - sanasi "Kitobxon onalar" kuni deb belgilanganligi munosabati bilan "Kitobxon onalar-zukko farzandlar" mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida onalar Abdulla Qodriyning "O'tgan kunlar" asarini mutolaa qilib ushbu asarni o'qishni tavsiya qilishdi. Kitob o'qiydigan ona - bu ilmga, odobga tafakkurga yo'g'irilgan bir olamdur. Bugungi axborot zamonida kitobxon onalarning roli yanada muhim. Zero kitobni do'st tutgan onalar- farzandining hayotida porloq yulduz bo'lib porlayveradi. Ana shunday mazmunda oʻtkazilgan tadbirda 36 nafar kitobxon onalar va bolajonlar jalb etildi