"Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona-kitobxon bola" shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan xar oyning 17 sanasida òtkaziladigan "Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona-kitobxon bola" shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Anomal sovuqqa qaramasdan kitobxon onalarimiz qishki ta'tilni mazmunli òtkazish uchun òzi va farzandlariga badiiy adabiyotlardan mutoalaa qilish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurdi. Dastlab tadbirda kitobxon onalar haqida qiziqarli ma`lumotlar berilib, so`ng tadbir she'riy chiqishlar, qiziqarli savol-javob o'yinlari va kitob ko`rgazmalari bilan davom etdi. Eng faol ishtirok etgan kitobxon onalarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.