"Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona-kitobxon bola" shiori ostida tadbir tashkil qilindi.
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi va yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida "Kitobxon onalar kuni" munosabati bilan "Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona-kitobxon bola" shiori ostida tadbir tashkil qilindi. Dastlab tadbirda kitobxon onalar haqida qiziqarli ma`lumotlar berilib, so`ng tadbir she'riy chiqishlar, qiziqarli savol-javob o'yinlari va kitob ko`rgazmalari bilan davom etdi. Eng faol ishtirok etgan kitobxon onalarga Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.